Colocation — serverlarni joylashtirish

Server va tarmoq uskunalarini joylashtirish uchun professional infratuzilma. Kafolatlangan elektr ta'minoti, aniq harorat nazorati va Tier III xalqaro standartlari asosidagi jismoniy himoya.

Tier III
MBM sertifikatsiyasi
99,982%
Uptime SLA
100 Gbit/s
Ulanish tezligi

Bizga O'zbekiston bozorining yetakchi kompaniyalari ishonch bildiradi

UZPOSTFreedom PayAloqabankApexbankNMMCUniversalbankTenge BankAlifGoSafiaМинздравTok BorUZPOSTFreedom PayAloqabankApexbankNMMCUniversalbankTenge BankAlifGoSafiaМинздравTok Bor

Uskunangiz — himoyalangan infratuzilmada

Kritik biznes-tizimlar

Jismoniy izolyatsiya va ajratilgan apparat resurslarini talab qiladigan kritik biznes tizimlarini joylashtirish.

Tier III ga migratsiya

Korporativ infratuzilmani mahalliy ofis sharoitidan Tier III darajasidagi nosozliklarga bardoshli muhitga ko'chirish (migratsiya).

Zaxira DR maydonchalar

Servislarning uzluksiz ishlashini va falokatlarga bardoshliligini ta'minlash uchun zaxira maydonchalarini tashkil etish.

Tarmoq tugunlari va piring

Minimal ushlanishlar (ping) bilan ishlovchi to'g'ridan-to'g'ri trafik almashish uchun tarmoq tugunlarini ishga tushirish.

Xizmat darajasi kafolatlari (SLA)

Infratuzilmaning 99,982% mavjudligini ta'minlaymiz, ya'ni oyiga 8,5 daqiqadan ko'p bo'lmagan uzilishlarga yo'l qo'yiladi.

Nima bilan ta'minlanadi:

  • Sovutish uchun N+1, ta'minot uchun N+1 + 2N zaxiralash, o'z DGUlari.
  • Minglab datchiklarni real vaqtda DCIM-monitoring.
  • Ko'p bosqichli jismoniy kirish nazorati, 24/7 videokuzatuv.
  • Gazli yong'in o'chirish.
To'liq shartlar — individual shartnomada.

Shartnoma shablonini so'rash
Xizmat darajasi kafolatlari (SLA)

Tariflar va xususiyatlar

Uskunani montaj qilish, 500 Vt gacha elektr tarmog'iga ulash, 1 ta 1 Gb/s full-duplex port, 1 IP, 100 Mbit/s Internet hamda TAS-IX, UZ-IX 100 Mbit/s trafik cheklovisiz kiradi.

XizmatOyiga QQS bilan
Rack 47U (1 Gbit/s, 100 Mbit/s, 1 IP, 8 kVt)30 000 000 so'm
Rack Tier III 50U (1 Gbit/s, 100 Mbit/s, 1 IP, 10 kVt)45 000 000 so'm
1U rack o'rni (B zona)1 000 000 so'm
Qo'shimcha port 1 Gbit/s full-duplex200 000 so'm
Qo'shimcha port 10 Gbit/s full-duplex550 000 so'm

Sohangiz uchun yechim

Tartibga soluvchi talablar

Banklar va moliya

MB va ARRFT talablariga muvofiq O'zbekistonda ma'lumotlarni saqlash. PCI DSS va ISO 27001 auditi uchun sertifikatlangan MBMlar.

Suveren infratuzilma

Davlat

Davlat tashkilotlari axborot tizimlarini jismoniy jihatdan izolyatsiyalangan zonalarda joylashtiradi. O'RQ-547 va GRCIT talablariga muvofiqlik.

Gibrid bulut

Enterprise

Colocation + UzCloud IaaS — gibrid infratuzilma. Jismoniy serverlar va VM o'rtasida to`g`ridan-to`gri L2 tarmoq.

Doimo ishlaydigan infratuzilma

Uzluksiz elektr ta'minoti

Uzluksiz elektr ta'minoti

N+1 sxemasi bo'yicha UPS va dizel-generatorlar ko'magida ikkita mustaqil elektr tarmog'iga ulanish

Iqlim nazorati

Iqlim nazorati

Uskunalarni eskirishdan himoya qilish uchun germozonada barqaror harorat va namlikni ta'minlash.

Jismoniy xavfsizlik

Jismoniy xavfsizlik

Ko'p bosqichli kirish nazorati, tun-u kun videokuzatuv va perimetr qo'riqlovi

Aloqa va trafik

Aloqa va trafik

O'zbekistonning eng yirik provayderlari va trafik almashinuv nuqtalariga 10 Gbit/s gacha tezlikda to'g'ridan-to'g'ri ulanish

24/7 monitoring

24/7 monitoring

Navbatchi muhandislar barcha parametrlarni nazorat qiladi: elektr ta'minoti, harorat, namlik va uskunalarning holatini.

Masofaviy boshqaruv (Remote hands)

Masofaviy boshqaruv (Remote hands)

Data-markaz mutaxassislari sizning ko'rsatmangiz bo'yicha barcha ishlarni bajaradi: o'rnatish, kommutatsiya, perezagruzka va komponentlarni almashtirish.

Ko'p so'raladigan savollar

Bizning xizmatlarimiz haqidagi ko'p so'raladigan savollar.

Buyurtmachining ruxsat etilgan xodimlari ma'lumotlar markaziga 24/7 tashrif buyurishlari mumkin. Kirish uchun oldindan bir martalik yoki doimiy ariza rasmiylashtirish kifoya. Hech qanday bayram yoki dam olish kunlarisiz — infratuzilmangizga kirish imkoni doimo mavjud.

Biz serverlarni tushirish, vaqtinchalik saqlash va stoykaga o'rnatishni o'z zimmamizga olamiz. Jismoniy ish uchun adminlaringiz vaqtini sarflashingiz shart emas — UzCloud muhandislari hamma narsani reglament bo'yicha amalga oshiradilar.

Har bir qurilmaga standart ravishda ikkita mustaqil quvvat manbai taqdim etiladi. Bitta unit yoki butun stoyka uchun umumiy quvvat chegarasini uskunangizning real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda individual ravishda hisoblaymiz.

Uskunalar to'g'ridan-to'g'ri Toshkent va Qo'qonda joylashgan qo'riqlanadigan Tier III ma'lumotlar markazida joylashtiriladi. Bu minimal tarmoq kechikishlari va mutaxassislaringiz uchun tezkor kirishni kafolatlaydi.

Bog'liq xizmatlar

UzCloud-ga migratsiya qilishga tayyormisiz?

Arxitektorning bepul tahlili: migratsiya rejasini tuzamiz va ortiqcha xarajatlarni kesamiz.

Formani to'ldiring

Ariza yuborish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash siyosatiga rozilik bildirasiz.