UzCloud’da VM faoliyatini kuzatish
VM faoliyat jurnalida virtual mashina bilan bogʻliq barcha amallar va hodisalar yozib boriladi.
- Virtual Machine Overview sahifasida Activity logs yorligʻini oching.
- Har bir hodisa uchun foydalanuvchi emaili, tavsif, amal turi, vaqt va yangilanish vaqti koʻrsatiladi. Qidiruv satri yordamida kerakli hodisalarni topish mumkin, masalan VM qachon yaratilgani, toʻxtatilgani yoki qayta ishga tushirilgani.
