Cyberduck — macOS va Windows uchun bepul grafik fayl menejeri. Unda bucketlarni koʻrish, fayllarni sudrab tashlash orqali yuklash va yuklab olish mumkin.
Oʻrnatish
Cyberduck’ni cyberduck.io dan yuklab oling va oʻrnating.
Path-style manzillashni yoqish
UzCloud obyektli xotirasi path-style manzillardan foydalanadi. Cyberduck’da ular uchun alohida ulanish profili bor:
- Preferences → Profiles ni oching (Windows’da — Edit → Preferences → Profiles).
- S3 (Deprecated path style requests) ni toping va uni belgilang.
- Cyberduck’ni qayta ishga tushiring.
Ulanish
- Open Connection ni bosing.
- Protokollar roʻyxatidan S3 (Deprecated path style requests) ni tanlang.
- Server:
s3.uzcstorage.uz, Port:443. - Access Key ID va Secret Access Key ni kiriting.
- Connect ni bosing. Bucketlaringiz roʻyxati ochiladi.
Ulanishni saqlash uchun xuddi shu parametrlar bilan Bookmark → New Bookmark xatchoʻpini yarating.
Foydali imkoniyatlar
- Fayl kontekst menyusidagi Share bandi vaqtinchalik havola (presigned URL) yaratadi.
- Info obyekt metamaʼlumotlarini koʻrsatadi va
Cache-Controlkabi sarlavhalarni oʻzgartirish imkonini beradi.