Orqaga
Mahsuldorlik 6 daq o'qish 2026-yil 22-aprel

Uchrashuvlarni rejalashtirish vaqtini tejash va korporativ ma'lumotlarni qanday himoya qilish mumkin?

Uchrashuvlarni rejalashtirish vaqtini tejash va korporativ ma'lumotlarni qanday himoya qilish mumkin?

Ilhom Tumashev, UzCloud Hub product-menejeri

Kutilma: Ish kuningizni maksimal darajada unumli o'tkazib, jamoaga uchrashuvni bir zumda belgilamoqchisiz.

Reallik: Hammaga qulay vaqtni topaman deb pochtada soatlab yozishasiz, oxiri esa eng muhim qo'ng'iroqlarni ham esdan chiqarib yuborasiz.

Jamoaviy ish uchun yaratilgan maxfiy kalendar bu aloqani osonlashtirib, ma'lumotlaringiz nazoratini o'zingizga qaytarishga yordam beradi. Ushbu maqolada UzCloud Hub Kalendari misolida hamma narsaga ulgurish uchun uni qanday qilib to'g'ri sozlashni ko'rsatib beramiz.

1. Turli kalendarlarni yarating va ularni bir necha daqiqada sinxronlang

Har kuni jadvalimizda shaxsiy va ishga oid vazifalar kesishadi: shifokor qabulidan tortib, hamkorlar bilan strategik sessiyalargacha. Vazifalar botqog'iga botib qolmaslik va ularni aralashtirib yubormaslik uchun tizimga ishni ham, shaxsiy rejalarni ham kiriting.

UzCloud Hub Kalendari sanoqli daqiqalarda sozlanadi — siz birdaniga bir nechta kalendarlarni yaratishingiz mumkin. Masalan, «Ish», «Uy» yoki «Jamoani rejalashtirish». Shunday qilsangiz, bitmas-tuganmas ishlar oqimida adashib qolmaysiz.

Rejalarni allaqachon boshqa joyda yuritayapsizmi? Muammo yo'q. Voqealarni .ics formatida yuklab oling va UzCloud Hub'ga kiriting. Ochiq CalDAV standarti yordamida esa rejalaringizni smartfonlar va o'zingiz o'rgangan Apple Calendar, Thunderbird yoki Android'dagi DAVx5 kabi dasturlar bilan osongina sinxronlashingiz mumkin.

UzCloud Hub'da bir nechta kalendarlarni yaratish

2. Uchrashuvlarni bitta tugma bilan xatning o'zidan belgilang

Pochta va kalendar oyna (vkladka)lari o'rtasida sakrayverish — diqqatni o'g'irlovchi asosiy «dushman». UzCloud Hub'da pochta va kalendar bir butun mexanizm bo'lib ishlaydi.

Agar xatda loyihani muhokama qilish taklifi kelsa, matnni qo'lda nusxalashingiz shart emas. Shunchaki xat menyusidan «Taklifnoma bilan javob berish» funksiyasini tanlang. Tizim avtomatik ravishda xat mavzusini uchrashuv nomiga, yozishmadagi barcha ma'lumotlarni esa uchrashuv (invayt) ta'rifiga tortib oladi.

3. O'z jadvalingizni hamkasblaringiz bilan ulashing

Ba'zida bitta qo'ng'iroqni kelishib olish uchun yarim kun ketadi. Vaqtni tejash uchun xohishingizga qarab hamkasblaringizga kalendaringizni ko'rishga ruxsat berishingiz mumkin. Ma'lumotlar ustidan to'liq nazorat o'zingizda qoladi va bandligingizni kimlar ko'rishi mumkinligini o'zingiz hal qilasiz.

Tadbir yaratayotganda qaysi hamkasbingiz band yoki bo'sh ekanligini darhol ko'rasiz. Tizim chatda ortiqcha savol-javoblarsiz hammaga qulay bo'lgan «oyna»ni o'zi topishga yordam beradi.

UzCloud Hub'da jadvalni hamkasblar bilan ulashish

Ma'lumotlaringiz faqat o'zingizga tegishli bo'lgan maxfiy ekotizimdan foydalaning

Kalendar — UzCloud Hub xavfsiz jamoaviy ishlash platformasining xizmatlaridan biri. Sizning jadvalingiz haqidagi ma'lumotlardan maqsadli (target) reklama va profillash uchun foydalanishi mumkin bo'lgan Microsoft Office, Google Workspace va boshqa xizmatlardan farqli o'laroq, UzCloud Hub sizning ma'lumotlaringizni sotmaydi. Ular mutlaqo maxfiy va faqat o'zingiz nazorat qiladigan serverlarda saqlanadi.

Platforma jismoniy shaxslar uchun ham, butun boshli bo'limlar uchun ham ideal mos keladi. UzCloud Hub'ni o'zingizning shaxsiy serverlaringizda yoki UzCloud serverlarida o'rnatib ishlatishingiz mumkin.